TAQVO: Ilm fazilati - Bosh sahifa
Chorshanba, 16.05.2012, 18:44
Assalomu alaykum! Гость | RSS

Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman: Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni afv et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O’zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!(Baqara surasi, 286-oyat)

Kirish
E-mail:
Пароль:

                                                                                                                                 Bismillahior rohmanir rohiym

Bismillahir rohmanir roxiym!



ILM FAZILATI

Alloh taolo aytadi:
"Eslang
(Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: "Men yerda (Odamni)
xalifa qilmoqchiman", deganida, ular aytdilar: "U yerda buzg‘unchilik
qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz
hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok
tutamiz". (Alloh) aytdi: "Men sizlar bilmagan narsani bilaman". Va U zot
Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni
farishtalarga ro‘para qilib dedi: "Agar xalifalikka biz haqdormiz degan
so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarining ismlarini Menga
bildiring?"
Ular aytdilar: "Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen o‘zing
bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen ilmu hikmat sohibisan".
(Alloh): "Ey Odam, sen ularga bu narsalarning ismlarini bildir", dedi.
(Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirgandan so‘ng, (Alloh)
aytdi: "Sizlarga Men yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan
va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?!"
(Baqara surasi, 30–33-oyatlar)


Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam)
rivoyat qilib, bunday dedilar: "Kim ilm istab yo‘lga chiqsa, Alloh uni
jannatga yo‘llab qo‘yadi. Va olim uchun yeru osmon va hatto dengizdagi
baliqlar ham mag‘firat tilaydilar. Albatta, olimlar payg‘ambarlarning
merosxo‘rlaridir".





Saytdan qidirish
Google dan qidirish
Kun tartibi
«  May 2012  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

Hozir online: 1
Mehmonlar 1
Foydalanuvchilar 0

TAQVO: Ilm fazilati © 2012 Saytda o'rin olgan materiallardan foydalanish uchun huquqlar cheklanmagan. Tijorat uchun foydalanish mumkin emas.